Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimpiyachilarimiz tantanali ravishda kutib olindi (foto)

Olimpiyachilarimiz tantanali ravishda kutib olindi (foto)

Foto: «Xushnudbek»

Tokioda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlaridan kelgan O‘zbekiston delegatsiyasi tantanali ravishda kutib olindi.

O‘zbekiston delegatsiyasini olib kelayotgan samolyot o‘ziga xos udum bilan kutib olindi: samolyot ustidan suv sepildi.

Samolyotdan birinchi bo‘lib O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdori Bahodir Jalolov chiqib keldi.

G‘olib va sovrindorlar hamda delegatsiyamizning boshqa a’zolarini jurnalistlar o‘rab olishdi. Intervyular olinmoqda, taassurotlar bilan o‘rtoqlashishdi.

O‘zbekiston delegatsiyasini Senat raisi Tanzila Narbayeva, Bosh vazir Abdulla Aripov, Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvaxitov, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va boshqa mutasaddilar kutib olishdi.

Fotosuratlar huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanalidan olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring