Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Otabek Umarov yana bir lavozimga saylandi

Otabek Umarov yana bir lavozimga saylandi

Otabek Umarov Osiyo Olimpiya kengashining Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti etib saylandi

Ayni paytda Hindistonning Nyu-Deli shahrida Osiyo Olimpiya kengashi (OOK)ning 44-Bosh Assambleyasi o‘tkazilmoqda.

Assambleya kun tartibiga muvofiq, tashkilotning rahbarlik lavozimlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Tashkilotni vaqtinchalik boshqarib borayotgan Raja Randxir Singx OOK Prezidenti etib saylandi. Shuningdek, 5 ta mintaqaga vitse-prezidentlar ovoz berish yo‘li bilan aniqlab olindi.

Biz uchun ahamiyatli tarafi, Otabek Umarov O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron va Afg‘onistondan iborat Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha tashkilot vitse-prezidenti etib saylandi.

Bungacha Otabek Muhammadaliyevich muddati qisqa bo‘lgan davr – Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha vitse-prezident edi. Bu vaqtinchalik lavozim musobaqa yakunigacha amal qilsa, Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidentlik doimiy xarakterga ega va endi hamyurtimiz butun qit’amizdagi 5 mintaqadan birida Olimpizm rivojiga mas’ul bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring