Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Otabek Umarov OOK vitse-prezidenti bo‘lishi mumkin

Otabek Umarov OOK vitse-prezidenti bo‘lishi mumkin

Otabek Umarov.

Tarixda ilk bor O‘zbekiston tomoni Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidentligiga o‘z nomzodini ilgari surmoqda.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Ijroiya qo‘mitasining navbatdan tashqari yig‘ilishida 16-dekabr kuni O‘monning Maskat shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Olimpiya Kengashining navbatdagi Bosh assambleyasiga tayyorgarlik ko‘rish, ushbu tadbirda bo‘lib o‘tadigan OOK rahbariyati tarkibiga, xususan, tashkilot vitse-prezidentligiga O‘zbekiston tomonidan taklif etiladigan nomzodni ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda sport va tashkilotchilik bo‘yicha katta salohiyatga ega bo‘lgan Otabek Umarov nomzodi Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidentligiga ilgari surildi.

«Ma’lumki, Otabek Muhammadaliyevich O‘zbekiston triatlon federatsiyasi hamda mamlakat MMA assotsiatsiyasidagi faoliyati orqali yurtimizda ushbu sport turlarining rivojini yangi bosqichga chiqara oldi.

Tadbir davomida Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlari direksiyasining direktori ham saylab olindi. Ushbu mas’uliyatli lavozimga MOQ Bosh kotibi Oybek Qosimov bir ovozdan ma’qul ko‘rildi», deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring