Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Tehronda Eronga mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston Tehronda Eronga mag‘lub bo‘ldi

Eron hamda O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga yetdi.

Tehrondagi «Ozodi» stadionida kechgan qarama-qarshilikda mezbonlar 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdilar.

Uchrashuvdagi yagona gol 17-daqiqada Ro‘zbeh Chashmiy tomonidan kiritildi. U burchakdan oshirib berilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

Uchrashuv davomida darvozabonimiz Botirali Ergashev ko‘plab vaziyatlarda darvozamizni yaqqol gollardan saqlab qoldi. Futbolchilarimiz ham yuzaga kelgan vaziyatlardan samarali foydalana olishmadi.

1:0 hisobi o‘yin oxiriga qadar o‘zgarmay qoldi.

O‘rtoqlik o‘yini. Eron – O‘zbekiston 1:0
Gol: Ro‘zbeh Chashmiy (17)
Eron MTJ: 30. Amir Obidzoda, 2. Vuriya G‘ofuriy, 26. Muhammad Xonzoda, 19. Majid Husayni, 8. Ali Gulizoda, 13. Ro‘zbex Chashmiy, 10. Karim Ansorifard, 3. Ehson Hoji Safiy, 7. Mahdi Turobiy, 16. Rizo G‘uchannajod, 17. Mahdi Taremi
O‘zbekiston MTJ:1.Botirali Ergashev, 2.Rustam Ashurmatov, 4.Akrom Komilov, 5.Abbos Otaxonov, 6.Aziz G‘aniyev, 7.Odiljon Hamrobekov, 9.Zabihillo O‘rinboyev, 10.Aziz Turg‘unboyev, 17.Jaloliddin Masharipov, 20.Doston Tursunov, 22.Javohir Sidiqov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring