Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Xitoyga qarshi favorit sifatida maydonga tushadi

O‘zbekiston Xitoyga qarshi favorit sifatida maydonga tushadi

Saudiya Arabistoni yashil maydonlarida davom etayotgan 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi musobaqasi hal qiluvchi pallaga kirib keldi. Guruh bosqichi yakuniga yetib, 16 jamoadan 8 tasi musobaqani tark etdi. Guruhlarda 1 va 2-o‘rinlarni egallagan jamoalar endi chorak final bosqichida kurashni davom ettiradi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi “C” guruhini peshqadam sifatida yakunlab, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Xitoy esa “D” guruhida Iroq (0:0), Avstraliya (1:0) va Tailand (0:0) terma jamoalariga qarshi bahslarda 5 ochko jamg‘arib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

O‘zbekiston — Xitoy: o‘zaro uchrashuvlar

O‘zbekiston va Xitoy U-23 terma jamoalari Osiyo kubogi doirasida shu kunga qadar uch bor ro‘baro‘ kelgan bo‘lib, barcha uchrashuvlarda jamoamiz g‘alaba qozongan.

O‘zbekiston 2:1 Xitoy

U-22 maqomida ilk bor tashkil etilgan 2013 yilub turnirda jamoamiz guruh bosqichida Xitoy bilan to‘qnash kelgan. Krimetwva Sergeyev kiritgan gollar evaziga raqib mag‘lub etilgan.

Xitoy 0:1 O‘zbekiston

Ravshan Haydarov boshqaruvidagi U-23 terma jamoamiz 2018 yili Xitoy mezbonligida o‘tgan Osiyo kubogida chempionlikni qo‘lga kiritgan. Guruh bosqichida mezbon Xitoy Alijonovning yagona goli evaziga mag‘lub etilgan.

O‘zbekiston 2:0 Xitoy

Tailandda 2020 yili bo‘lib o‘tgan U-23 Osiyo kubogida O‘zbekiston va Xitoy “C” guruhidan o‘rin olgan. Qobilov va To‘xtasinov gollari evaziga jamoamiz ishonchli g‘alabaga erishgan.

Shuningdek, jamoalar o‘rtasida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari ham muntazam o‘tkazib kelinadi. So‘nggi bor 2025 yil noyabr oyida Xitoyda tashkil etilgan xalqaro turnir doirasida tomonlar o‘zaro to‘qnash kelib, bahs 0:0 hisobida yakunlangan.

Mazkur bosqichda g‘alaba qozongan jamoa yarim finalda Vetnam — BAA uchrashuvi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston — Xitoy o‘rtasidagi chorak final uchrashuvi ertaga, 17 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:30da Jidda shahridagi “ Prince Abdullah Al Faisal Sports City” stadionida start oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring