Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pandemiya va sport. Xiva tumanida zamonaviy majmua yoshlar ixtiyoriga topshirildi

Pandemiya va sport. Xiva tumanida zamonaviy majmua yoshlar ixtiyoriga topshirildi

Xorazm viloyati Xiva tumani «Gulshan» mahallasi yoshlari jismoniy tarbiya va sportni juda sevadi. Ta’bir joiz bo‘lsa aytish kerak, mahallaning sport bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlari qishning sovug‘ida, yozning jazirama issig‘ida bir necha chaqirim yo‘l bosib Xiva shahridagi bolalar-o‘smirlar sport maktabiga qatnashardi.

Nihoyat, mahalla aholisi xususan, ularning sportsevar farzandlarining ko‘p yillik orzusi ushaldi. «Pahlavon avlod» oilaviy korxonasi tashabbusi bilan mahalla markazida qarovsiz qolgan stadion o‘rnida ko‘p qirrali zamonaviy sport majmuasi bunyod etildi. Majmuada gandbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, badminton maydonchalari, sun’iy qoplamali mini futbol maydoni, kurash va trenajyor zal, shuningdek, yugurish yo‘lakchasi va uzunlikka sakrash sektori ham mavjud. Ta’kidlash joiz mazkur sport majmua xalqaro talablar asosida jihozlangan.

30 iyun «Yoshlar kuni» kuni munosabati qurib foydalanishga topshirilgan sport majmuasini ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari S.Salayev, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i O.Polvonov hamda bir qator sport mutasaddilari ishtirok etib, o‘zlarining iliq fikrlarini bildirishdi.

Bugungi kunda sport har bir xonadonga, har bir oilaga kirib boryapti. Mamlakatimizda ayollar va bolalarni sport va jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar bu borada dasturilamal vazifasini o‘tayotir. So‘nggi yillarda sportimiz ommaviylashib, u hamyurtlarimizning doimiy hamrohiga aylanmoqda. Natijada, O‘zbekistondan ko‘plab Osiyo, jahon va Olimpiada o‘yinlari chempionlari yetishib chiqdi va chiqmoqda, - dedi viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Ortiq Polvonov.Sport majmuasining yana bir e’tiborli jihati shundaki bu yerda favvora suhbatlashish ayvoni va bolalar attraksionlarini qamrab olgan «Dam olish xiyoboni» ham tashkil etilgan.

Ayni damda bu yerda yetti nafar kishi doimiy ish o‘rni bilan ta’minlandi. Kelgusida mazkur sport majmuasini davlat-xususiy sherikchilik asosida sport maktabiga aylantirish rejalashtirilgan. Buning natijasida 40 ga yaqin sport mutaxassisi ish o‘rniga ega bo‘ladi.

Endilikda Xiva tuman «Gulshan» mahallasida bunyod etilgan majmuadan Oqyop, Qoraqum, Eski Qiyot, Bo‘ston va Doshyoq mahallalari aholisi foydalanishi mumkin.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring