Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Shalke 04» Eldor Shomurodov uchun «Rostov»ga 15 million yevro to‘lamoqchi

«Shalke 04» Eldor Shomurodov uchun «Rostov»ga 15 million yevro to‘lamoqchi

Germaniyaning «Shalke 04» klubi Rossiyaning «Rostov» va O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, gelzenkirxenliklar qishki transferlar oynasidayoq o‘zbek hujumchisini sotib olishni istashmoqda. Shu maqsadda klub Rossiya tomoniga barcha bonuslarni qo‘shib hisoblaganda 15 million yevro taklif qilgan. Unga ko‘ra, «Shalke» kelishuvga erishgan taqdirda dastlab 10 million yevro to‘laydi va qo‘shimcha bonuslar bilan yana 5 million yevroni «Rostov» hisobiga o‘tkazib beradi.

Hozircha, «Rostov» vakillari bu taklifga aniq javob bermagani aytilmoqda. Ammo «Sport TV»ning instagram kanalida xabar qilinishicha, Shomurodovning nemis klubiga transfer qilinishi masalasi hal bo‘lish arafasida.

Shomurodovning agenti Qahhor Mo‘minovning so‘zlariga ko‘ra, Germaniyaning yana bir jamoasi «Shtutgart» hujumchi uchun 10 million yevro berishga tayyor bo‘lib turibdi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisining ayni vaqtdagi narxi 6,5 million yevroni tashkil qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring