Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘rt nafar bokschimiz JCh finalida jang qiladi

To‘rt nafar bokschimiz JCh finalida jang qiladi

Moskva shahrida yakuniga yetib borayotgan boks bo‘yicha harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionati hal qiluvchi pallaga kirdi. Bugun musobaqaning final janglari bo‘lib o‘tadi.

Oltin medal uchun kechadigan bugungi bahslarda 4 nafar vakilimiz ringga ko‘tariladi. Qizlarimizdan Mavluda Mavlonova (-75 kg), yigitlarimizdan Osiyo o‘yinlari finalchisi Shunqor Abdurasulov (-60 kg), Mujibillo Tursunov (-64 kg) va Lazizbek Mullajonov (+91 kg) chempionlik uchun jang qilishi belgilab qo‘yilgan.

-75 kg: Mavluda Mavlonova – Viktoriya Kebikova (Belarus) (18:00dan so‘ng)

-60 kg: Shunqor Abdurasulov – Konstantin Opolskiy (Rossiya) (19:20 dan so‘ng)

-64 kg: Mujibillo Tursunov – Dmitriy Asanov (Belarus) (19:35 dan so‘ng)

+91 kg: Lazizbek Mullojonov – Svetoslav Teterin (Rossiya) (21:15 dan so‘ng).

Eslatib o‘tamiz, yarim final bosqichida 3 nafar vakilimiz imkoniyatni boy bergani bois jamoamiz shuncha bronza medalini naqd qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring