Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Musobaqa vaqtida ikki sportchi halok bo‘ldi

Musobaqa vaqtida ikki sportchi halok bo‘ldi

Har yili o‘tkaziladigan Ironman Ireland musobaqasida fojiali voqea yuz berdi: ikki erkak marragacha suzolmay, cho‘kib ketdi.

Irish Times nashrining yozishicha, halok bo‘lgan sportchilarning shaxsi ma’lum. Musobaqa tashkilotchilarining so‘zlariga ko‘ra, Brendan Uoll (40) va Ayvan Chittenden (64) suzish vaqtida sog‘lig‘ida muammolar yuzaga kelgan va cho‘kib ketgan. Qutqaruvchilar jasadlarni suvdan olib chiqishgan. Uoll Angliyadan kelgan, Chittenden esa Kanadadan.

Hozir maxsus tergov o‘tkazilmoqda.

Ironman — Butunjahon triatlon assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkaziladigan uzoq masofali triatlon musobaqalari seriyasidir. Seriyaning har bir individual poygasi uchta to‘xtovsiz musobaqadan iborat: 3,9 km suzish, 180,2 km masofani velosipedda bosib o‘tish va 42,2 km uzoqlikka marafoncha yugurish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring