UEFA Chempionlar ligasi. Kuchli sakkizlik va pley-off jamoalari ma’lum bo‘ldi (yakuniy jadval)
«Benfika» darvozaboni Trubin 90+8-daqiqada «Real» darvozasiga kiritgan gol lissabonliklarni pley-offga olib chiqdi.
UEFA Chempionlar ligasi 2025/2026-yilgi mavsumining umumiy bosqichi o‘z yakuniga yetdi. 29-yanvarga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan 8-tur bahslaridan so‘ng nimchorak finalga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olgan va pley-offda ishtirok etadigan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.
8-turning muhim voqealari:
«Benfika» — «Real Madrid» — 4:2: Turning eng shov-shuvli natijasi Lissabonda yuz berdi. Madridliklar mag‘lubiyat sababli kuchli sakkizlikdan pastga tushib ketishdi, lissabonliklar esa so‘nggi daqiqada darvozaboni kiritgan gol va to‘plar nisbati (-2)ga ko‘ra pley-offdagi eng so‘nggi yo‘llanmaga ega bo‘lishdi.
«Liverpul» — «Qorabog‘» — 6:0. Mersisaydliklar o‘z maydonlarida raqibni tor-mor keltirib, turnir jadvalining yuqori qismidagi o‘rinlarini mustahkamlashdi, qorabog‘liklar pley-offda kurashni davom ettiradi.
«Barselona» — «Kopengagen» — 4:1. Kataloniyaliklar ishonchli g‘alaba bilan keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qilishdi.
«Arsenal» — «Qayrat» — 3:2. London klubi qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, guruh bosqichini g‘alaba bilan tugatdi va turnirdagi barcha 8 o‘yinda jami 24 ochko to‘pladi.
«Napoli» — «Chelsi» — 2:3. O‘z maydonida o‘yinni boy bergan neapolliklar turnir bilan xayrlashishdi.
«Atletiko» — «Budyo-Glimt» — 1:2. «Grandlar kushandasi» — «Budyo-Glimt» Madridda qo‘lga kiritilgan uch ochko bilan pley-offga yo‘l oldi.
8-tur natijalari:
- Ayaks — Olimpiakos 1:2
- Arsenal — Qayrat 3:2
- Monako — Yuventus 0:0
- Atletik — Sporting 2:3
- Atletiko — Budyo-Glimt 1:2
- Bayer — Vilyarreal 3:0
- Borussiya D — Inter 0:2
- Bryugge — Olimpik M 3:0
- Ayntraxt — Tottenhem 0:2
- Barselona — Kopengagen 4:1
- Liverpul — Qorabog‘ 6:0
- Manchester Siti — Galatasaroy 2:0
- Pafos — Slaviya 4:1
- PSJ — Nyukasl 1:1
- PSV — Bavariya 1:2
- Yunion — Atalanta 1:0
- Benfika — Real 4:2
- Napoli — Chelsi 2:3
Umumiy bosqich yakuniy jadvali

Turnir jadvalida 1–8-o‘rinlarni egallagan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘l oldi (ular orasida Abduqodir Husanov to‘p surayotgan «Manchester Siti» ham bor).
9-24-o‘rinlarni egallagan jamoalar («Real Madrid», «Inter», «PSJ» va boshqalar) fevral oyida ikki o‘yindan iborat pley-off bahslarida nimchorak finalning qolgan 8 ta yo‘llanmasi uchun kurashadi. Pley-off bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi 30-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Jadvalning quyi qismida qolgan jamoalar uchun yevrokuboklar mavsumi yakunlandi. Ular orasida «Marsel», «Napoli», «Ayaks» kabi shonli nomlar bor.



Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter