Eng baxtsiz avlod aniqlandi

AQSh va Buyuk Britaniya olimlari Z avlodi (zumerlar)ga mansub 18 yoshdan 24 yoshgacha odamlar dunyoning 46 mamlakatida eng baxtsiz yosh guruhi ekanligini aniqladilar.
Nyu-Hempshirdagi (AQSh) Dartmut kolleji va London universiteti kolleji tadqiqotida bu ma’lum bo‘ldi, deb yozdi De Telegraaf gazetasi.
Ushbu ish avvalgi tadqiqotlarning aksini ko‘rsatmoqda. Avvalroq olimlar o‘rta yoshda baxt darajasi keskin pasayadi, deyishgandi. Bu odatda 40 yosh atrofida, o‘rta yosh inqirozi davrida sodir bo‘ladi.
Olimlar Z avlod vakillari o‘rtasida baxt darajasi pasayishining aniq sababini topisha olmadi, ammo ular bu avlodda yuzaga keladigan bir qator muammolarni qayd etdilar. Masalan, ko‘plab zumerlar muntazam ravishda maktabga bormaydilar va ko‘pincha ruhiy salomatlik muammolari tufayli ishdan erta ketadilar.
Tadqiqotga ko‘ra, Z avlod vakillarining 48 foizida ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolar rivojlanish xavfi mavjud.
Yangi tadqiqotga ko‘ra, 45 yoshdan 70 yoshgacha odamlar o‘zlarini eng baxtli his qilishadi. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, ularning ruhiy salomatligi zumerlarga qaraganda ancha yaxshi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter