Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kiberjinoyatchilari eng faol va jahon iqtisodiyotiga ko‘p zarar yetkazayotgan mamlakatlar (reyting)

Kiberjinoyatchilari eng faol va jahon iqtisodiyotiga ko‘p zarar yetkazayotgan mamlakatlar (reyting)

Foto: Adobe Stock

Oksford universiteti olimlari qaysi mamlakatlarning xakerlari eng faol va jahon iqtisodiyotiga ko‘p zarar yetkazayotganini aniqlashdi.

Ekspertlardan anonim so‘rov asosida tuzilgan reytingga ko‘ra, kiberjinoyatchilikning eng katta manbalari va xablari Rossiya hamda Ukraina sanaladi.

Kiberjinoyatchilik — xalqaro muammo, u yetkazayotgan zarar miqdori yiliga bir necha yuz milliondan trillion dollargachani tashkil etadi. Shuncha xavf-xatariga qaramay, muammo «ko‘rinmaydi» — qayerda bo‘lishmasin, xakerlar turli niklar ostida uddaburonlik bilan niqoblanishadi, bildirmasdan himoya vositalarini buzib kirishadi. Shu bois alohida xakerlik to‘dalari qayerda joylashganini texnik jihatdan aniqlash va o‘ziga xos jahon kiberjinoyatchilari  xaritasini tuzish o‘ta mushkul masala.

Oksford universitetining kiberjinoyatchilik bo‘yicha mutaxassisi Miranda Bryus boshchiligidagi olimlar bu muammoga yechim topish uchun noodatiy usulni taklif etishdi. Ular ekspertlarni taklif qilishdi.

2021-yilning oktyabridan boshlab butun dunyodan kiberjinoyatchilik va razvedka sohasi ekspertlari anonim onlayn-so‘rovnomaga jalb qilindi. Qatnashchilardan kiberjinoyatchilikning besh asosiy toifasini belgilash, bu jinoyatlar o‘chog‘i sifatida ko‘rilayotgan mamlakatlar nomlarini keltirish, har bir mamlakatni uning xakerlari keltirayotgan zarar, ularning professional darajasi va texnik tajribasi bo‘yicha taqsimlash so‘raldi.

Jinoiy kiberfaollikning besh asosiy toifasiga zararli dasturlar yaratish, DoS-hujumlar, tovlamachi-dasturlarni tarqatish, ma’lumotlarni o‘g‘irlash, jumladan, bank kartalari bilan firibgarlik, elektron pochtani buzib kirish, onlayn auksionlarni buzish, pullarni «yuvish» va boshqa jinoyatlar kirdi.

Tadqiqotda qatnashish taklifi turli mamlakatlardagi 245 nafar mutaxassisga jo‘natildi, ulardan 92 nafari so‘rovnomani to‘ldirdi. Shuning asosida olimlar Jahon kiberjinoyatchilik indeksi (World Cybercrime Index)ni tuzishdi. Unga ko‘ra, dunyodagi kibertahdidlarning aksariyat qismi sanoqli davlatlarga to‘g‘ri kelmoqda va bu ro‘yxatda yetakchilar — Rossiya, Ukraina, Xitoy, AQSh, Nigeriya va Ruminiya.

Manba: Oksford universiteti

E’tiborli tomoni, Rossiya katta farq bilan boshqa mamlakatlardan oldinda — uning kiberjinoyatchilik indeksi — 58,39, ya’ni eng yaqin ta’qibchisi Ukraina (36,44)dan bir yarim baravar yuqori.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring