Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olimlar gazli ichimliklar, chips va shirinliklar miyaga dori kabi ta’sir qilishini isbotladi

Olimlar gazli ichimliklar, chips va shirinliklar miyaga dori kabi ta’sir qilishini isbotladi

Olimlar o‘ta qayta ishlangan mahsulotlar avvaliga zavq, keyin esa kuchli qaramlikni keltirib chiqaradigan haqiqiy tuzoq ekanligini aniqladilar:

• 36 mamlakatda o‘tkazilgan deyarli 300 ta tadqiqot yuqoridagi mahsulotlar iste’molga bo‘lgan ishtiyoq va nazoratni yo‘qotishiga olib kelishini tasdiqladi;

• Misol uchun sutli kokteyl dofaminni ikki barobar ko‘payishiga olib keladi: birinchisi, iste’mol qilingandan so‘ng darhol, ikkinchisi, 15 daqiqadan so‘ng. Xuddi shu holat kokain yoki spirtli ichimlik iste’mol qilishda kuzatiladi.

• Ishlab chiqaruvchilar oziq-ovqatga emas, balki nikotinga o‘xshash oziq-ovqat mahsulotlarini maxsus ishlab chiqaradilar;

• Ishlab chiqaruvchilarning asosiy maqsadi bolalardir. Agar biz farzandimizni yoshligidanoq shunday mahsulotlarga bog‘lanib qolishiga yo‘l qo‘ysak, u bir umr ularning mijoziga aylanadi.

O‘zimizni va farzandlarimizni qayta ishlangan, kimyoviy qo‘shimchalar, bo‘yoqlar, aromatizatorlar, juda ko‘p miqdorda shakar qo‘shilgan mahsulotlardan asraylik. Farzandingizga biror narsa sotib olib berayotganingizda uning tarkibiga e’tiborli bo‘ling, zero ular bizning kelajagimizdir!

Manba: virtualbrest.ru

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring