Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Quyosh va shamol 2026-yilda asosiy energiya manbaiga aylanadi

Quyosh va shamol 2026-yilda asosiy energiya manbaiga aylanadi

Foto: Earth.com

Tahlilchilar 2026-yilda qayta tiklanadigan energiya jahon energetikasining asosiy manbasiga aylanishi mumkinligini taxmin qilishmoqda. Ushbu tarixiy siljishga global talabning 90 foizidan ortig‘ini qoplaydigan quyosh va shamol generatsiyasi jadal rivojlanishi hisobiga erishiladi.

Xalqaro energetika agentligi (XEA)ning yangi prognoziga ko‘ra, dunyo energetika sohasidagi chuqur o‘zgarishlar arafasida turibdi. Quyosh elektr stansiyalari va shamol generatorlari asriy tarixda birinchi marta ko‘mirni ikkinchi darajaga tushirib, ustuvor energiya manbalariga aylanadi, deb yozdi Clean Technica.

XEA ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilda dunyo bo‘yicha ishlab chiqariladigan elektr energiyasining 36 foizi qayta tiklanadigan manbalarga to‘g‘ri keladi, ko‘mir ulushi esa 32 foizga tushadi. Ushbu jarayonning drayveri quyosh va shamol energiyasining keskin o‘sishidir: ularning jahon energiya balansidagi umumiy ulushi 2005-yildagi 1 foizdan 2026-yilda deyarli 20 foizgacha oshadi.

Ko‘mir sanoati ulushi, birinchi navbatda, Xitoy va ba’zi Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi qisqartirishlar hisobiga kamayishni boshlaydi. Shu bilan birga, atom energiyasi va gidroelektr stansiyalari kabi boshqa «toza» manbalar ham o‘sishni namoyish etib, kelgusi yilda rekord ko‘rsatkichlar qayd etiladi.

Ushbu transformatsiya butun dunyoda elektr energiyasiga talab jadal o‘sishi fonida sodir bo‘layotgani bilan e’tiborga molik. Ishlab chiqarishning kengayishi, transport va issiqlik ta’minotining elektrlashtirilishi, ma’lumot markazlari va konditsionerlar sonining ko‘payishi kabi ko‘plab omillar ushbu talabni shakllantirmoqda. Quyosh va shamol yangi talabni deyarli to‘liq qanoatlantira oladi, shu bois kelajak «yashil» energiyaniki deb hozirdan bemalol aytish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring