Bir yillik maktabga tayyorlov majburiy taʼlimga aylanmoqda: bu bolalar va ota-onalar uçun nimani anglatadi?
Özbekistonda maktabgaça taʼlimdan umumiy örta taʼlimga ötiş tizimida muhim özgariş kutilmoqda. Endi maktabga bir yillik tayyorlov majburiy umumiy örta taʼlimning dastlabki bosqiçi sifatida belgilanişi mumkin.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasida maktabgaça va maktab taʼlimi tizimlari örtasidagi integratsiyani taʼminlaşga qaratilgan qonun loyihasi ikkinçi öqişda körib çiqildi.
Hujjat bilan «Maktabgaça taʼlim va tarbiya töğrisida»gi hamda «Taʼlim töğrisida»gi qonunlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda. Unga köra:
— bir yillik maktabga tayyorlov umumiy örta taʼlimning dastlabki bosqiçi etib belgilanadi;
— tayyorlov maşğulotlari maktabgaça va umumiy örta taʼlim taşkilotlarida taşkil etilişi mumkin böladi;
— bolalarning bir yillik majburiy tayyorlovdan ötiş huquqi kafolatlanadi.
Mazkur taşabbusning asosiy maqsadi — bolaning maktabgaça taʼlimdan maktab hayotiga ötişini osonlaştiriş, taʼlim bosqiçlari örtasidagi uzviylikni taʼminlaş va birinçi sinfga tayyorgarlik sifatini oşiriş.
Qonun loyihasi qabul qilinsa, bu nafaqat bolalarning taʼlim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş, balki Özbekiston taʼlim tizimini xalqaro standartlarga yaqinlaştirişga ham xizmat qilişi kutilmoqda.
Muhimi, hujjatda bolalarning bir yillik tayyorlovdan ötiş huquqini qonun darajasida kafolatlaş nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasi Qonunçilik palatasida uçinçi öqişda qabul qilinib, Senatga yuborildi.


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter