Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chinozdagi muassasaga qizlarni qabul qilishni to‘xtatish masalasi ko‘tarildi

Chinozdagi muassasaga qizlarni qabul qilishni to‘xtatish masalasi ko‘tarildi

Prezident qoshidagi Ijtimoiy himoya agentligi Chinozdagi Respublika qizlar o‘quv-tarbiya muassasasiga qizlarni qabul qilinishi jarayonini vaqtincha to‘xtatib turish masalasini ko‘tardi.

Qayd etilishicha, agentlik Chinoz tumanida joylashgan Respublika qizlar o‘quv-tarbiya muassasasida kompleks o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Agentlik aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.

«Bir necha holatlardan kelib chiqqan holda, agentlik Toshkent viloyatining Chinoz tumanida joylashgan Respublika qizlar o‘quv-tarbiya muassasasiga qizlarni qabul qilinishi jarayonini vaqtincha to‘xtatib turish masalasini ko‘tardi va 30 oktyabrdan ushbu muassasada o‘rganish ishlarini boshlab yubordi.

Kompleks o‘rganishlar natijasi xulosasi bo‘yicha yaqin vaqt ichida ma’lumot taqdim etiladi.

Ushbu o‘rganishlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori birinchi o‘rinbosarining bevosita nazorati ostida o‘tkazilmoqda», deyiladi agentlik xabarida.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, ushbu holat Chinozdagi qizlar tarbiya maktabida zo‘rovonliklar kuzatilgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring