Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Imkoniyati cheklangan talaba 50 dan ortiq adabiyot namunalarini ovozlashtirishga muvaffaq bo‘ldi

Imkoniyati cheklangan talaba 50 dan ortiq adabiyot namunalarini ovozlashtirishga muvaffaq bo‘ldi

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti II bosqich talabasi Mirali G‘iyosov intiluvchan va g‘ayratli talabalardan. U bir yildan buyon «Navoiy universiteti» ovoz yozish studiyasiga rahbarlik qilib kelmoqda.

Shu kungacha 50 dan ortiq o‘zbek va jahon adabiyoti namunalarini u o‘z tengdoshlari bilan birga ovozlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay, u barcha montaj jarayonlarini o‘zi amalga oshiradi, ovoz tanlashdagi mahorati ham tahsinga loyiq. U o‘z jamoasini doimo rag‘batlantirib boradi. Ular uchun qandaydir imkoniyatlar yaratishga intiladi. Talabalar ham undan insoniylik va g‘amxo‘rlikni o‘rganmoqdalar.

Kuni kecha Mirali boshchiligidagi talabalar studiyasi a’zolari O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyatiga o‘z audiokitoblarini tuhfa etishdi. Ushbu jamiyat mutaxassisi Ulug‘bek Mamatxonov talabalarga minnatdorchilik bildirar ekan bu xayrli va beminnat (bepul) ishga qo‘l urgan talabalarimizni olqishladi. Bu audio kitoblar butun respublikamizdagi imkoniyati cheklangan insonlarga, albatta, yetkazilishini qayd etdi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring