Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek tili va adabiyoti universiteti «tilning ijtimoiy mavqeini mustahkamlash uchun» yangi tashabbus bilan chiqdi

O‘zbek tili va adabiyoti universiteti «tilning ijtimoiy mavqeini mustahkamlash uchun» yangi tashabbus bilan chiqdi

Foto:«Xabar.uz»

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashabbusi bilan o‘zbek tilining ijtimoiy mavqeini yanada mustahkamlash va ommaviy savodxonlikni targ‘ib etish maqsadida «Diktant.uz» aksiyasi tashkil etilmoqda. Bu boradagi ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida maxsus ishchi guruh tuzilib, chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Aksiya joriy yilning 28-may kuni Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Aksiyada ishtirok etishni istaganlar www.diktant.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Mazkur aksiyaning o‘tkazilishi bilan bog‘liq barcha yangiliklarni diktant.uz va ToshDO‘TAUning rasmiy veb-sayti (www.navoiy-uni.uz) hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan topishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring