Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga yangi rektor tayinlandi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga yangi rektor tayinlandi

Foto: O‘zDJTU matbuot xizmati

Sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Azizov Ulug‘bek Botirovich O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori etib tayinlandi.

O‘zA xabariga ko‘ra, U.Azizov 2016-yildan hozirga qadar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti prorektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Ma’lumot o‘rnida, universitetning avvalgi rektori G‘anisher Rahimov aprel oyida Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori etib tayinlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring