Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi mamlakatlar fuqarolari ta’lim olmoqda?

O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi mamlakatlar fuqarolari ta’lim olmoqda?

Illyustrativ foto

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–oktyabr oylarida jami 33 287 nafar chet el fuqarosi ta’lim olish maqsadida O‘zbekistonga kelgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 11 307 nafarga yoki 51,5 foizga oshgan.

Joriy yilning 10 oyida O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

  1. Hindiston — 14 322 nafar
  2. Turkmaniston — 8 348 nafar
  3. Tojikiston — 2 323 nafar
  4. Pokiston — 1 620 nafar
  5. Xitoy — 1 254 nafar
  6. Janubiy Koreya — 806 nafar
  7. Qirg‘iziston — 696 nafar
  8. Misr — 498 nafar
  9. Filippin — 461 nafar
  10. AQSh — 429 nafar
  11. Turkiya — 333 nafar
  12. Afg‘oniston — 280 nafar
  13. Iordaniya — 175 nafar
  14. Rossiya — 158 nafar
  15. Buyuk Britaniya — 153 nafar
    Boshqa davlatlar — 1 431 nafar

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring