Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘qonda Toshkent davlat texnika universiteti filiali ochiladi

Qo‘qonda Toshkent davlat texnika universiteti filiali ochiladi

Normativ huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portalida Oliy va o‘rta marta maxsus vazirligining «Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialini tashkil etish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori muhokama uchun joylashtirildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanali xabar berdi.

Hujjatda Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialiga 2018/2019-o‘quv yili uchun bakalavriatning 5 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qabul kvotasi 125 ta etib belgilangan.

Qarorga ko‘ra, filialning 2018/2019-o‘quv yili uchun talabalar kontingenti Farg‘ona viloyatida doimiy yashayotgan (doimiy propiska qilingan) respublika oliy ta’lim muassasalariga 1-ilovada belgilangan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha hujjat topshirib, test sinovi natijalariga ko‘ra o‘qishga kira olmagan, biroq to‘plagan ballari eng yuqori ballning 30 foizdan kam bo‘lmagan abituriyentlar hisobidan to‘lov-kontrakt asosida shakllantiriladi.

Farg‘ona viloyati hokimligi respublika oliy ta’lim muassasalaridan Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialiga faoliyat yuritish uchun taklif etilgan professor-o‘qituvchilarni uy-joy bilan ta’minlash, uzoq muddatli, imtiyozli ipoteka kreditlarini ajratish choralarini ko‘rishi qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring