Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev muammolarga yechimlarni aytdi

Shavkat Mirziyoyev muammolarga yechimlarni aytdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari ko‘tarilgan muammolarning yechimlari va yangi tashabbuslarni bayon qildi.

Ta’lim sifatini oshirish maqsadida respublika bo‘yicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar o‘quv dasturi, baholash tizimi joriy etiladi. Bunda Prezident va ixtisoslashgan maktablar ularga «tayanch maktab» bo‘ladi.

Bir yilda ularning ishi baholanib, yangi tizimni samarali qo‘llagan o‘qituvchilarga 40 foizgacha ustama beriladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga viloyat hokimlari bilan birga kelasi yildan ushbu 500 ta maktabning har biriga 3 tadan maktabni biriktirib, yangi tizimni yo‘lga qo‘yish topshirildi. Bu ishlar orqali yana 1,5 mingta maktabga Prezident va ixtisoslashgan maktablar metodikasi, muhiti kirib boradi.

Umuman, kelgusi besh yilda ushbu tizim barcha maktablarda joriy qilinishi belgilandi.

Bu yilda maktablarda dars berish uchun xorijdan 500 nafar «til egalari» olib kelindi. Yangi tizim joriy qilinadigan maktablar ko‘payishini hisobga olib, kelgusi yilda yana 1,5 ming mutaxassis olib kelinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring