Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov: «O‘quvchilar formasi Konstitutsiya va qonunlarimizdagi huquqiy asoslar bo‘yicha joriy etilishi kerak»

Sherzod Shermatov: «O‘quvchilar formasi Konstitutsiya va qonunlarimizdagi huquqiy asoslar bo‘yicha joriy etilishi kerak»

Foto:«Xabar.uz»

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov tomonidan tizimga oid yangiliklar, istiqboldagi rejalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora tadbirlar xususida brifing tashkil etildi. Unda «Xabar.uz» muxbiri ham ishtirok etdi. 

Vazir ijtimoiy tarmoqlarda juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘layotgan maktab formalari masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.

«Ijtimoiy tarmoqdagi muhokamaga keladigan bo‘lsak. Mening tushunishimcha, forma masalasi muhokamasida bu qaror Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ro‘mol, xijobga qarshi qilingan ish deb qabul qilinyapti.

Endi shaxsiy fikrimni aytsam, konstitutsiya bor, qonunlarimiz bor. Barcha narsa O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyaci va qonunlarimizda keltirilgan huquqiy asoslar bo‘yicha qilinishi kerak. Odamlarning huquqini hal qilish masalasi bitta vazirlikning qo‘lidagi masala emas. Buni tegishli yo‘l yo‘rig‘i bor. Saylangan deputatlarimiz bor. Agar qonun chiqaruvchi organ to‘g‘ri yo‘lni belgilab beradigan bo‘lsa, ijro etuvchi organ, jumladan, vazirlik ham ijro etadi. Shuning uchun buni qanaqadir boshqa yo‘nalishga olib ketish noto‘g‘ri bo‘ladi.

Bundan tashqari, bu tartiblar loyihasi ishlab chiqilayotganda, biz, ya’ni yangi tayinlangan hozirgi rahbariyat ishtirok etmagan. Agar qandaydir o‘zgarishlar lozim, deb hisoblansa, bunda bevosita ishtirok etishimiz mumkin.

Men hozir ijtimoiy tarmoqlarni qaradim, asosiy e’tibor formaga ketib qolgan. Boshida aytgan gapim (brifing boshida aytilgan) asosiy masalaga kelaylik. Asosiy masala barkamol avlodni voyaga yetkazish. Menimcha vazirlik faoliyatida kerakmas narsalar bilan chalg‘imasdan asosan ta’lim sifatini oshirishga harakat qilsak yaxshi bo‘ladi», — dedi Shermatov.

Izohlar 3

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring