Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vebster universiteti magistraturasiga qabul tugashiga ikki hafta qoldi

Vebster universiteti magistraturasiga qabul tugashiga ikki hafta qoldi

Foto: «Tuit.uz»

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda faoliyat boshlagan AQShning Vebster universiteti Master of Business Administration (MBA: Biznes boshqaruvi magistratura yo‘nalishi) o‘quv dasturi asosida «Loyihalarni boshqarish» yo‘nalishiga talabalar qabul qilinmoqda.

O‘quv dasturi davomiyligi — 18 oy, 3 semestr.

Ta’lim Toshkent axborot texnologiyalari universitetida, Vebster universiteti professorlari va mahalliy professor-o‘qituvchilar tomonidan (ingliz tilida) universitetlar o‘rtasida imzolagan kelishuvga asosan olib boriladi.

Vebster universiteti MBA dasturi «AQShning biznes-maktablar va dasturlar akkreditatsiya kengashi»ning akkreditatsiyasidan o‘tgan bo‘lib, uning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ham maqullangan. Ta’limni muvafaqqiyatli tamomlagan talabalar «Loyihalarni boshqarish» yo‘nalishida Vebster universiteti MBA magistri diplomini qo‘lga kiritadilar.

O‘quv to‘lov-kontrakt qiymati bir semestr uchun — 3000 AQSh dollari. Ta’lim uchun umumiy to‘lov qiymati 9000 AQSh dollarini tashkil etadi. To‘lov O‘zbekiston milliy valyutasi — so‘mda amalga oshiriladi (AQSh dollarining so‘mga nisbatan qiymati Markaziy bank tomonidan to‘lov amalga oshirilgan kunda belgilangan kursda hisoblanadi). Darsliklar va ta’lim jarayonida kerak bo‘ladigan o‘quv materiallari uchun to‘lovlar qo‘shimcha tarzda amalga oshiriladi.

O‘quv dasturi 2019-yilning martidan boshlanadi. Talabalar tahsil davomida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi tashkilotlarida amaliyot o‘taydilar.

Ta’lim ingliz tilida olib boriladi. IELTS bo‘yicha talab 6.0 va undan yuqori.

Ta’lim olish xohishini bildirganlar bakalavr bosqichini tamomlagan bo‘lishlari hamda iqtisodiyot, biznes va menejment fanlari bo‘yicha bazaviy bilimlarga ega bo‘lishlari talab etiladi.

Arizalar topshirishning so‘nggi muddati — 20.02.2019-y.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring