Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent islom instituti: bu yilgi qabul kvotalari qancha?

Toshkent islom instituti: bu yilgi qabul kvotalari qancha?

Foto: Toshkent islom instituti

2017-2018-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga hujjatlar qabul qilish muddati Ramazon hayiti bayramiga to‘g‘ri kelgani munosabati bilan oliy o‘quv yurtlariga 2018-yil 16-iyundan hujjat qabul qilish boshlangani haqida xabar bergan edik.

Shu jumladan, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida ham yangi o‘quv yili uchun qabul boshlandi. Institut qabul imtihonlari quyidagi fanlardan bo‘lib o‘tadi:

– Arab tili (og‘zaki, ijodiy imtihon) 63 ball

– Fiqh va aqoid (test sinovi) 30 x 3,1= 93 ball

– O‘zbekiston tarixi (test sinovi) 30 x 1,1= 33 ball

Abituriyentlar qabul hay’atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

– rektor nomiga ariza;

– ma’lumoti haqida hujjat: O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom bilim yurtlarini tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat (diplom) asli;

– sog‘lig‘i haqida tibbiy ma’lumotnoma (U-086-shakl);

– Emlanganligi haqida (ilova) 63-forma;

– pasport nusxasi (asli ko‘rsatiladi);

– 6 dona fotosurat (3,5 x 4,5 hajmdagi);

– yashash joyidan ma’lumotnoma;

– yashash joyidagi masjid imom-xatibidan tavsiyanoma;

– harbiy xizmatga aloqadorligi haqida hujjat (asli ko‘rsatiladi).

Toshkent islom institutida kunduzgi ta’lim uchun 42 nafar (o‘g‘il bolalar) va 8 nafar (ayol-qizlar) qabul kvotalari belgilangan. Maxsus sirtqi bo‘limning qabul kvotalari to‘g‘risidagi ma’lumot qo‘shimcha e’lon qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring