Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

JSST Ebola virusi sabab favqulodda holat e’lon qildi

JSST Ebola virusi sabab favqulodda holat e’lon qildi

Foto: Pixabay

JSST Afrikada Ebola epidemiyasi tufayli favqulodda holat e’lon qildi. 

E’lon qilingan favqulodda holat aholi salomatligining ikkinchi eng yuqori darajasi hisoblanadi. Faqat pandemiya darajasi yuqoriroq, ammo tashkilot vaziyat hali bu darajaga yetmaganligini ta’kidlamoqda, deb xabar beradi DW nashri. 

Ebolaning Bundibugyo shtammining tarqalishi Kongo Demokratik Respublikasi va Ugandada 88 fuqaroning hayotiga zomin bo‘ldi, jami 330 dan ortiq holat qayd etildi. JSST ogohlantirishicha, haqiqiy holatlar soni ancha ko‘p bo‘lishi mumkin. 

15-may kuni Kongo Demokratik Respublikasining (KDR) harbiy mojarolar tez-tez uchraydigan viloyati Ituri rasmiylari Ebola epidemiyasi haqida xabar berishdi. Ugandada ham Bundibugyo shtammi bilan kasallangan bir kishi vafot etdi. 

KDR sog‘liqni saqlash vaziri Samuel Rojer Kambaning so‘zlariga ko‘ra, bu shtamm uchun vaksinalar yoki maxsus davolash usullari yo‘q va o‘lim darajasi 50 foizga yetadi. 

So‘nggi epidemiya Kongoda Ebola virusi epidemiyasining 17-to‘lqinini anglatadi. Avvalgi avj olish 2025-yil avgust oyida qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda 34 kishi vafot etgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring