Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AKT xizmatlarining YaIMdagi ulushi ko‘paydi

AKT xizmatlarining YaIMdagi ulushi ko‘paydi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) xizmatlarining yalpi ichki mahsulot (YaIM)dagi ulushi 1,8 foizni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davrida 1,7 foizni tashkil etgan edi.

Taqqoslash uchun, joriy davrda AKT xizmatlarining YaIMdagi ulushi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,1 foizga oshgan.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni 2 423 tani tashkil etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring