Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Albaniyada sun’iy intellekt vazir lavozimiga tayinlandi

Albaniyada sun’iy intellekt vazir lavozimiga tayinlandi

Diella SI-botining ko‘rinishi.

Foto: Gazeta Express

Albaniyada neyrotarmoq vazir lavozimiga tayinlandi, deb xabar berdi Gazeta Express. Hali hech bir davlatda sun’iy intellektga bu darajada yuqori mansab ishonib topshirilmagan.

Diella nomli sun’iy intellektli bot davlat xaridlari vaziri bo‘ldi. Albanlar shu tarzda korrupsiya ildiziga bolta urishmoqchi, axir neyrotarmoq sotilmaydi.

Bungacha Diella Albaniyaning onlayn davlat xizmatlarida yordamchi edi, mana endi mansabi oshdi.

Albaniya bosh vaziri Edi Rama tayinlov yuzasidan chiqishida aytdiki, Vazirlar mahkamasining ilk raqamli a’zosi, ya’ni Diella barcha yig‘ilishlarda qatnashadi. Uni na sotib olish mumkin, na tahdid va bosimlardan qo‘rqadi.

Diella alban tilida «Quyosh» degani. Korrupsiyadek zulmatni yoritish — fosh etish uchun bundan-da yorqin nomni topish ilojsiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring