Claude AI «SpaceX»ga har oy 1,25 mlrd dollardan to‘laydi
«SpaceX» IPO hujjatlarida ma’lum qilinishicha, «Anthropic» 2029-yil mayigacha har oy 1,25 mlrd dollar to‘lab berish bo‘yicha kelishuv tuzgan. Bu «Reuters» axborot agentligi xabar berdi.
Bitim «Colossus» va «Colossus II» sun’iy intellekt data markazlari quvvatlaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Hujjatlarga ko‘ra, har ikki tomon shartnomani 90 kunlik ogohlantirish orqali bekor qilishi mumkin. Shuningdek, quvvatlar bosqichma-bosqich ishga tushirilishi sabab ayrim to‘lovlar vaqtincha kamaytiriladi.
Ayni paytda «SpaceX»ning sun’iy intellekt yo‘nalishi zarar bilan ishlamoqda. Kompaniya hisobotiga ko‘ra, mazkur segment mart choragida 818 mln dollar daromad olgan bo‘lsa-da, operatsion zarar 2,5 mlrd dollardan oshgan.
Ma’lumot uchun, «Anthropic» kompaniyasi 2026-yilning iyun oyida kamida 10,9 mlrd dollarlik savdo hajmiga erishishi kutilmoqda. Bu mart oyida qayd etilgan 4,8 mlrd dollarlik daromaddan ikki barobardan ko‘p. Natijada kompaniyaning ikkinchi chorak operatsion foydasi 559 mln dollarga yetishi prognoz qilinmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter