Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Inha universitetida Kiberxavfsizlik laboratoriyasi ochildi

Inha universitetida Kiberxavfsizlik laboratoriyasi ochildi

Toshkent shahridagi Inha universitetida Kiberxavfsizlik laboratoriyasi o‘z ish faoliyatini boshladi.

Uning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda universitet xodimlari va rahbariyati hamda  «Kiberxavfsizlik markazi» DUK direktori ishtirok etdi.

Mazkur laboratoriya negizida kiberxavfsizlik bo‘yicha talabalarni o‘qitish va mutaxassislarni tayyorlash, kiberxavfsizlik bo‘yicha bir qator amaliy mashg‘ulotlar uyushtirish, laboratoriyada hamkorlarni jalb qilgan holda kurslar tashkil qilish kabi tashabbuslar amalga oshiriladi.

Tadbir davomida Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, xususan, kiberxavfsizlik masalalari, universitet talabalari uchun talab qilinadigan ko‘nikma va bilimlarni olish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish, qo‘shma ta’lim tashabbuslarini tashkil etish hamda qator ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Tadbir doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti va «Kiberxavfsizlik markazi» DUK o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring