Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Logotip o‘g‘irlanganmi? Sud «Chanel – Huawei ishi»ni yopdi

Logotip o‘g‘irlanganmi? Sud «Chanel – Huawei ishi»ni yopdi

Chapda — «Huawei», o‘ngda — «Chanel» logotipi.

Foto: «Ferra.ru»

Kiyim-kechak va modalar biznesida nufuzli o‘ringa ega «Chanel» brendi to‘rt yil ilgari Xitoy texnogiganti «Huawei» kompaniyasini o‘z logotipini o‘zlashtirishda ayblab chiqqandi. «Ferra.ru» ushbu mojaro qanday yakun topgani haqida yozmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Huawei» Yevropa ittifoqining Intellektual mulk tashkilotida (EUIPO) kompyuter qurilmasi uchun o‘z savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lganida, bu belgi «Chanel»ga ko‘chirmakashlik bo‘lib ko‘ringan edi. Tashkilotga kiritilgan da’voda «Huawei» logotipidagi o‘xshashlikdan foydalanib, xaridorlarni chalg‘itishi mumkinligiga ishora qilingan.

Endi ma’lum bo‘lishicha, EUIPO 2019-yilda «Chanel»ning da’vosini asossiz deb topgan: mutaxassislar hech qanday o‘xshashlikni topishmagan, xitoyliklarning logotipi hech kimni chalg‘itishi mumkinmas.

Bundan qanoatlanmagan «Chanel»ning shu hafta Lyuksemburg sudiga da’vo kiritishga urinishi ham «o‘xshamadi».

«Muhokama qilinayotgan savdo belgilari umumiy jihatlarga ega emas. Logotiplarni ro‘yxatga olishda taqdim etilgan ko‘rinishda, yonga burmasdan taqqoslash o‘rinli. Xususan, «Chanel» belgisi nisbatan aylanasimon, yo‘g‘on chiziqlardan iborat va gorizontal joylashgan, «Huawei» belgisi esa — tik joylashgan. Demak, belgilar farq qiladi», — deyiladi sud tribunali qarorida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring