Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashhur tiktokchi o‘z “yuzi”ni qariyb milliard dollarga sotdi

Mashhur tiktokchi o‘z “yuzi”ni qariyb milliard dollarga sotdi

TikTok’dagi eng mashhur bloger, 270 mln obunachiga ega Xabi Leym Step o‘z yuzi va brendini ma’lum muddatga Amerikaning Rich Sparkle Holdings firmasiga 975 mln AQSh dollarga sotdi.

Kelishuv shartlariga ko‘ra, keyingi uch yil davomida kompaniya Leymening butun dunyo bo‘ylab daromadining barcha usullarini — reklamadan tortib, uning nomi ostida mahsulotlarni sotishgacha bo‘lgan eksklyuziv huquqini oladi.

Shunday qilib, endi blogerning daromadi alohida reklama shartnomalariga emas, balki uning nomi atrofida qurilgan butun biznesning umumiy muvaffaqiyatiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.

Bitimning eng innovatsion elementlaridan biri Leymening sun’iy intellektga asoslangan raqamli egizagini yaratishga roziligi bo‘ldi. Uning yuzi, ovozi va xatti-harakatlariga ega bo‘lgan ushbu sun’iy intellekt nusxasi kecha-yu kunduz turli tillarda translyasiyalar olib borishi va tijorat bilan shug‘ullanishi mumkin, bu esa brendning qamrovi va imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.

Leymning o‘zi endi uch yil davomida hech bir ish qilmasa ham oyiga taxminan 27 million dollar pul kelib turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring