Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Mirzo Ulugbek Innovation Center» tugatildi. Rezidentlar «IT-park» tarkibiga qo‘shildi

«Mirzo Ulugbek Innovation Center» tugatildi. Rezidentlar «IT-park» tarkibiga qo‘shildi

O‘zbekistonda «Mirzo Ulugbek Innovation Center» axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etishni qo‘llab-quvvatlash markazi tugatildi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-dekabrdagi qaroriga muvofiq, IT-sohani yanada takomillashtirish, raqobatbardosh va istiqbolli dasturiy mahsulotlarni yaratish, xorijiy mamlakatlar uchun IT-xizmatlarini taqdim etishni kengaytirish va umuman IT-mahsulotlarining sifatini yaxshilash maqsadida «Mirzo Ulugbek Innovation Center» axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etishni qo‘llab-quvvatlash markazi tugatilib, uning rezidentlari Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki –«IT-park»ga o‘tkazildi.

Ushbu qadam O‘zbekiston Respublikasida IT-madaniyatini va boshlang‘ich ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni birlashtirishga imkon beradi va mahalliy IT-mahsulotlar sifatini yangi darajaga ko‘taradi, deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring