Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nokia «cho‘ntak ko‘taradigan» yangi smartfonini taqdim etdi

Nokia «cho‘ntak ko‘taradigan» yangi smartfonini taqdim etdi

Foto: «GSMArena»

HMD kompaniyasi ommalashgan G20 o‘rnini egallovchi yangi Nokia G21 smartfonini taqdim etdi. Bu haqda «GSMArena» xabar berdi.

Oldingisiga nisbatan jiddiy farq yuqori gersli (90 Gs), 6,5 dyuymli ekrandayoq seziladi. HD+ yechim — g‘alatiroq taklif, bevosita raqobatchi kompaniyalar allaqachon yuqoriroq sifatli ekranlarga o‘tib bo‘lishgan. Ostida 8 megapikselli frontal kamera yashiringan arxaik «tomchi» ham saqlab qolingan.

Smartfon uch kamerali: asosiysi — 50 Mp, qo‘shimchalari — 2 Mp (makro va boke).

Foto: «GSMArena»

Nokia G21 — arzon smartfon, protsessori ham shunga mos — 12-nm chip Cortex-A75 ikki yadrosi va A55 olti yadrosida ishlaydi. Telefon uchun 4/6 GB operativ, 64/128 GB ichki xotira ko‘zda tutilgan, microSD karta hisobiga kengaytirish mumkin. Mikrokarta o‘rnatilishi ikki sim kartaning baravar ishlashiga xalaqit bermaydi. «Quti»dagi G21 Android 11 da ishlaydi, biroq Nokia tez orada androidning 12-talqinigacha yangilashga va’da berdi.

Foto: «GSMArena»

Akkumulyatori sig‘imdor — 5050 mAs.

Narxi — Nokia G21 uchun 170 yevro chiqish bahosi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring