Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ommabop dastur millionlab smartfonlarga zarar yetkazayotgani aniqlandi

Ommabop dastur millionlab smartfonlarga zarar yetkazayotgani aniqlandi

Shtrixli kodlarni skanerlash imkonini  Barcode Scanner dasturi smartfonlarni zararlayotgani ma’lum bo‘ldi. 

Malwarebytes kiberxavfsizlik kompaniyasi xabariga ko‘ra, xavfli tarkibga ega dastur 10 million martadan ko‘proq yuklab olingan.

Android qurilmalarga Google Play do‘koni orqali xarid qilinadigan ushbu dastur dastlab zararli xususiyatga ega emas edi. Biroq foydalanuvchilar so‘nggi yangilanishdan so‘ng brauzer o‘z-o‘zidan reklamali sahifalarni ocha boshlaganligi haqida xabar bergan. Natijada tinimsiz reklamalar foydalanuvchilar asabiga tekkan. O‘rganishlar natijasida reklama hujumi pul ishlash maqsadida amalga oshirilgani aniq bo‘ldi.

Tadqiqotchilar xavfli funksiyani dastur ishlab chiqaruvchisi qo‘shganligini tasdiqladi. Google darhol mazkur xavfdan ogohlatirilgan va dastur magazindan o‘chirib tashlandi. Ammo uni smartfoniga yuklab olganlar ilovani o‘chirib tashlamasalar, dastur xavfliligicha qolaveradi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring