Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident yangi davlat universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Prezident yangi davlat universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

«Cyber university» davlat universitetini tashkil etish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-yanvardagi PQ-14-son qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, universitetning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda:

– axborotni himoyalash, axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-tahliliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa turdosh sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlash;

– raqamli texnologiyalar sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

– o‘quv jarayonini ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish hamda ochiq axborot-ta’lim muhitining rivojlanishiga ko‘maklashish;

– yoshlarning bilim olishi va kasb egallashiga qo‘shimcha shart- sharoitlar yaratish, davlat organlari, korxonalari hamda boshqa tashkilotlarni kadrlar bilan ta’minlashda saralash va qamrovni kengaytirish;

– o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirishda yetakchi respublika va xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, raqamli texnologiyalar ishlab chiquvchilari va iste’molchilari, boshqa sohaviy korxonalar bilan hamkorlik qilish;

– tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv- metodik adabiyotlarni yaratish, talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental, ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring