Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quyosh energiyasini toza yoqilg‘iga aylantiruvchi nanokristallar aniqlandi

Quyosh energiyasini toza yoqilg‘iga aylantiruvchi nanokristallar aniqlandi

Foto: «Hurriyet.com»

Avstraliyaning «Curtin» universiteti olimlari quyosh energiyasini vodorod kabi toza yoqilg‘iga aylantiradigan katalizator vazifasini o‘tovchi nanokristallarni aniqladi, deya xabar beradi «Hurriyet.com.tr» nashri.

Bu kristallar tarkibida zaharli moddalar yo‘q. Tadqiqot guruhi rahbari Goxua Szyaning ma’lum qilishicha, quyosh nuridan energiya olish va bu energiyani vodorodga o‘xshash toza yoqilg‘iga aylantirishda ishlatiladigan katalizatorlarda platina, iridiy va ruteniy kabi og‘ir metallar bilan kadmiy kabi yarimo‘tkazgichlarga ehtiyoj sezilgan. Aytilishicha, kadmiy o‘ta zaharli, platina, iridiy va ruteniy esa juda qimmat. Nano kristalli yangi usul arzon va zararsiz bo‘lib, uni turli sohalarda qo‘llash mumkin. Ammo gap aynan qaysi kristallar haqida ketayotgani ma’lum qilinmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring