Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

TATU o‘qituvchi va talabalari — «TECHNOWAYS» texnologik rivojlanish marafoni g‘olibi

TATU o‘qituvchi va talabalari — «TECHNOWAYS» texnologik rivojlanish marafoni g‘olibi

Foto: TATU matbuot xizmati

Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil qilgan «TECHNOWAYS» texnologik rivojlanish marafonida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.

Xabar berilishicha, TATU vakillari ishlab chiqqan har bir loyiha uchun vazirlik tomonidan 30 million so‘mgacha rag‘batlantirish belgilanib, mikromoliyalashtirish maqsadida shartnomalar tuzilgan.

«TECHNOWAYS» marafoni 2-bosqichi natijalariga ko‘ra, TATU o‘qituvchilari va talabalarining vazirlik moliyalashtiradigan loyihalari:

Shohruh Begmatov (TATU assistenti) — «Ko‘zi ojizlar uchun telefonga klaviatura» loyihasi (Ko‘rish qobiliyati cheklangan insonlarga smartfondan foydalanish imkonini beruvchi maxsus klaviatura ishlab chiqish. Bunda an’anaviy Brayl alifbosidan foydalangan holda istalgan rusumdagi smartfonga USB-interfeys orqali ulanib, foydalanish imkoni bo‘ladi);

Azizbek Haitov (TATU o‘qituvchisi) — «Robototexnika asoslari» laboratoriyasi loyihasi (Virtual reallik texnologiyasini qo‘llagan holda ta’lim oluvchilarga turli murakkab va qimmatbaho qurilmalarning ko‘rinishi, ishlash tamoyillari haqida yanada ko‘proq bilim berish va ulardan foydalanish imkoniyatini yaratish).

Feruz G‘ulomov (Radio va mobil aloqa fakulteti talabasi) — «Eshitish qobiliyatida nuqsoni borlar uchun ovoz kuchaytirgich» loyihasi (Ovozni mikrofon yordamida qabul qilib, tranzistorlar yordamida kuchaytirib foydalanuvchiga taqdim etuvchi uskuna);

Otamurod Tog‘ayev (Dasturiy injiniring fakulteti talabasi), Javohir Nizomiddinov (Kompyuter injiniringi fakulteti talabasi ) — «Transport vositalarini boshqaruv va kuzatuv tizimi» loyihasi (Yuk mashinalarining marshruti, lokatsiyasi, yonilg‘i sarfi, yuklarining butunligini nazorat qiluvchi maxsus ilova).

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, marafonning final bosqichi marosimi davomida qatnashchilar tomonidan loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi va eng yaxshi loyihalar e’lon qilindi. Hay’at komissiyasi eng yaxshi 10 ta loyihaning har birini 30 mln. so‘mgacha mablag‘ bilan moliyalashtirishni belgilagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring