Toshkent uchun intellektual transport tizimi ishlab chiqiladi
Toshkent shahrining transport va yo‘l infratuzilmasini boshqarishning zamonaviy axborot texnologiyalari bilan integratsiyalashgan intellektual transport tizimi ishlab chiqilmoqda.
Unda quyidagilar nazarda tutiladi:
- videokuzatuv vositalari va sensorlardan foydalangan holda transport, piyoda va yo‘lovchi oqimlari to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish;
- transport va piyoda oqimlarini tahlil qilish asosida svetoforlarni boshqarish, svetofor fazalarini avtomatik tarzda moslashtirish;
- agar harakat jadvalidan chetga chiqilsa, maxsus va jamoat transporti vositalari harakatining ustuvorligini ta’minlash;
- avtotransportlar, shu jumladan, maxsus texnikalar harakatini monitoring qilish, qurilish hamda maxsus texnikalarning maxsus mexanizmlari ishini nazorat qilish;
- yo‘l-transport hodisasi xavfi yuqori bo‘lgan hududlarni aniqlash, ular bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter