Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Isroil universiteti bilan hamkorlikda robotlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi

Toshkentda Isroil universiteti bilan hamkorlikda robotlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi

Foto:«O‘zMU»

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zMU va Isroilning Xolon texnologiyalari instituti bilan xamkorlik doirasida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya faoliyati samaradorligi bilan dunyo olimlar va keng jamoatchilik e’tiborida turibdi.

Xolon texnologiyalar instituti hamkorligi doirasida Buxoroda xavodan suv olish texnologiyasi tajribasi ham amalga oshirildi.

Bu loyihaning ikkinchi qismi sifatida O‘zMUning Mo‘ynoqdagi o‘quv-amaliyot poligonida bu texnologiya biologiya fakulteti olimlari va talabalari bilan birgalikda amaliyotga tadbiq etiladi. U yerda mart oyida O‘zMU ning tashabbuskor yoshlari salkam 2 gektar yerga eksprement tariqasida 8 turlagi mevali va manzarali daraxtlar ekishgan. Bugunga kelib bu ko‘chatlarning barchasi ko‘kargan. Orol va Orolbo‘yi muammmosi O‘zMU va Xolon instituti oldida turgan bosh masalalardan biri hisoblanadi. Tashrif doirasida ertaga isroillik tibbiyot sohasi professorlari, oftolmologiya buyicha mutaxassislar xayriya aksiyasi o‘tkazishadi.

Foto:«O‘zMU»

Milliy universitet matbuot xizmatiga ko‘ra, ertaga O‘zMUda Xolon texnologiyalar instituti aqlli tenologiyasi-robotlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Ikkita robot O‘zMU talabalari ixtiyoriga beriladi. Bir necha yillardan buyon hamkorlikda faoliyat olib borayotgan bu ikki ilm dargohi olim va talabalarining bu galgi loyihalari qamrovining kengligi va yechimini kutayotgan masalalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yondashuvi bilan ahamiyatlidir.

Eslatib o‘tamiz-bugungi kunda O‘zMU –Xolon qo‘shma fakultetida 120 nafar yigit-qizlarimiz tahsil olishmoqda.Kelasi o‘quv yili ular o‘qishni Isroilda davom ettiradilar. Bugungi kunda O‘zMU chet elning 5 ta universitetlari bilan hamkorlikda  faoliyat olib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring