Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholisining 10 foizi internetga kiradigan davlat «Facebook»ni bir oyga bloklaydi

Aholisining 10 foizi internetga kiradigan davlat «Facebook»ni bir oyga bloklaydi

Papua-Yangi Gvineya davlati ham ijtimoiy tarmoq – «Facebook»ni bir oy bloklab qo‘yadi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.

Aloqa vaziri Sam Vasilning aytishicha, «Facebook»ning mamlakatga ta’siri qandayligini bilish uchun shunday qarorga kelingan.

Bir oylik tadbir pornografiyani tashviq qilmoqchi bo‘lgan yoki yolg‘on xabar tarqatayotgan kishilarni aniqlashda qo‘l keladi.

Vazir Papua-Yangi Gvineyada «Facebook»ka raqib bo‘la oladigan boshqa bir ijtimoiy tarmoqni ishga tushirishni rejalashtirayotganini ham yashirmadi.

«Facebook» qachon bloklanishi noma’lum. Lekin shu yil noyabr oyida mamlakatda o‘tkaziladigan Osiyo–Okeaniya hamkorligi arafasida bloklanishi mumkin.

Sakkiz million nufusga ega Papua-Yangi Gvineyada aholining 10 foizigina internetdan foydalanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring