Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qahva va palma yog‘i vazirlikka aylandi

Qahva va palma yog‘i vazirlikka aylandi

Papua-Yangi Gvineyada yangi hukumat shakllantirildi, endi uning tarkibida qahva (kofe) va palma yog‘i vazirliklari ham bor. Bu haqda New Zealand National radiostansiyasi xabar berdi.

Papua-Yangi Gvineya — nomini uncha-muncha odam eshitmagan bu mamlakatda umummilliy parlament saylovlaridan keyin shakllantirilgan yangi hukumat tarkibiga naq 32 ta vazirlik kirgan. Yangi tashkil etilgan qahva vazirligiga Jo Kuli, palma yog‘i vazirligiga Fransis Maneke rahbar bo‘ldi.

Hukumat qahva va palma yog‘i mamlakat eksportida eng muhim mahsulotlar ekanini ta’kidlab, ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirish uchun ularni alohida sohalarga ajratganini ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring