Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Papua-Yangi Gvineya shimolida 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Papua-Yangi Gvineya shimolida 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Papua-Yangi Gvineya shimolida 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Kamida 5 kishining halok bo‘lgani va mingga yaqin uylarga shikast yetgani aytilmoqda.

«Ayni paytda mingga yaqin uylar shikastlandi. Hududning katta qismida sodir bo‘lgan yer silkinishi oqibatlari o‘rganilyapti», – deydi Sharqiy Sepik provinsiyasi gubernatori Allan Berd.

Yakshanba kuni zilzila sodir bo‘lganida Sepik daryosi qirg‘og‘idagi o‘nlab qishloqlar allaqachon suv toshqiniga ro‘brao‘ kelishgan edi. Hudud bosh politsiyachisi Kristofer Tamarining ma’lum qilishicha, ma’muriyat zilzilada 5 kishining halok bo‘lganini tasdiqlagan, biroq «qurbonlar soni ko‘proq bo‘lishi ham mumkin».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring