AQSh 66 ta xalqaro tashkilotdan chiqdi
Prezident Donald Tramp AQShning 66 ta xalqaro tashkilotdan chiqishini nazarda tutuvchi memorandumni imzoladi, deb xabar berdi Oq uy.
«Bugun prezident Donald Jon Tramp Qo‘shma Shtatlarning Amerika manfaatlariga xizmat qilmaydigan 66 ta xalqaro tashkilotdan chiqishini nazarda tutuvchi prezident memorandumini imzoladi», — deyiladi bayonotda.
Aniqlik kiritilishicha, memorandum AQShning barcha ijroiya departamentlari va agentliklarining BMT tizimiga kirmaydigan 35 ta tashkilot, shuningdek, BMTning 31 ta tuzilmasida ishtirok etishi va moliyalashtirishni to‘xtatishini ko‘zda tutadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter