Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShda Falastin tarafdorlari hibsga olindi

AQShda Falastin tarafdorlari hibsga olindi

AQShning Isroilni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun prezident Jo Baydenga norozilik bildirgan 50 ga yaqin Falastin tarafdori Nyu-Yorkda hibsga olindi.

Asosan yahudiy faollardan bo‘lgan Falastin tarafdorlari NBC telekanali binosi foyesida bannerlarni ko‘tarib namoyish uyushtirishdi. Namoyishchilar genotsidda ayblangan Isroilni «zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish»ga, Bayden esa Tel-Avivga yordam berishni bas qilishga chaqirdi.

Namoyishchilarning bannerlaridan birida «Yahudiylardan Baydengacha: Xolokostni qurollantirishni to‘xtating» deb yozilgan.

Nyu-York politsiya departamenti televideniye binosi atrofida va uning qabulxonasida keng qamrovli xavfsizlik choralarini ko‘rdi. Politsiya 50 ga yaqin namoyishchini hibsga oldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring