Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden Trampning qarori uchun kechirim so‘radi

Bayden Trampning qarori uchun kechirim so‘radi

Foto: «Rusdialog.ru»

AQSh prezidenti Jo Bayden o‘zidan avvalgi davlat rahbari, respublikachi Donald Trampning mamlakatni iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqish haqidagi qarori uchun xalqaro hamjamiyatdan uzr so‘radi.

«Kechirim so‘ramasligim kerak aslida, lekin AQSh avvalgi ma’muriyat davrida Parij kelishuvidan chiqqani uchun uzr so‘rayman», – dedi Bayden shu kunlarda Glazgoda o‘tayotgan iqlim konferensiyasida.

2017-yilda AQShning o‘sha paytdagi prezidenti Donald Tramp Vashington iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidagi ishtirokini to‘xtatishini ma’lum qilgan edi. 2020-yilgi prezidentlik saylovlarida Trampni mag‘lub etgan Jo Bayden inauguratsiyadan ko‘p o‘tmay AQShni shartnomada ishtirok etuvchi davlatlar ro‘yxatiga qaytarish haqidagi farmonni imzoladi.

Konferensiya Glazgoda 31-oktyabrdan 12-noyabrgacha davom etadi. Tadbirlar dasturiga ko‘ra, rasmiy muzokaralar bilan bir qatorda, konferensiyada jamiyatning barcha tarmoqlari va global iqtisodiyot qanday qilib iqlimga oid ulkan harakatlarga turtki berayotganiga e’tibor qaratiladi.

Sammit davomida issiqxona chiqindilarini kamaytirish va uglerod neytralligiga erishish masalalariga oid qator hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring