Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bayrut portida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi

Bayrut  portida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi

Livan poytaxti Bayrut portida kuchli yong‘in kuzatilib, hududni qora tutun qoplab oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Livan Qizil Xoch direktori OTV telekanalida bu yong‘in turli axlatlarni yoqishdan hosil bo‘lgan deya ma’lum qilgan.

Livan armiyasi vakillari esa erkin bojxona zonasida motor moylari va shinalari bo‘lgan omborda yong‘in chiqqanini aytgan.

Hodisa joyida o‘t o‘chiruvchilar ishlamoqda. Ularga armiya vertolyotlari yordam bermoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 4-avgust kuni Bayrut portida kuchli portlash yuz berdi. Portlashga uzoq turib qolgan ammiak selitrasi sabab bo‘lgani aytildi. Natijada 190 kishi qurbon bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring