Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birorta ham koronavirus holati qayd etilmagan mamlakat ma’lum qilindi

Birorta ham koronavirus holati qayd etilmagan mamlakat ma’lum qilindi

Foto: «Rtvi.com»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) SARS-CoV-2 infeksiyasi qayd etilmagan mamlakat nomini ma’lum qildi — bu Shimoliy Koreya bo‘lib chiqdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR hukumati ularga birorta ham jiddiy hodisa to‘g‘risida xabar bermagan. Mamlakatda kasallanish haqida ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar ommaviy axborot vositalari tomonidan taqdim etilgan.

«JSST epidemiyaga qarshi choralarni yumshatish bilan bog‘liq jiddiy hodisa haqida xabardor emas. Hukumat tomonidan JSSTga taqdim etilgan COVID-19 ning so‘nggi yangilanishiga ko‘ra (24-iyun holatiga ko‘ra), KXDRda COVID-19 bilan kasallanish holatlari hali qayd etilmagan», — deyiladi tashkilot matbuot xizmati xabarida.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In avvalroq mamlakat «katta inqiroz»ga duch kelgani, chunki u fuqarolarni koronavirusdan himoya qilish choralarini ko‘rmagani sababli o‘z vazifalariga beparvo munosabatda bo‘lganligi uchun partiya rasmiylarini ishdan bo‘shatishiga to‘g‘ri kelganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, u mamlakat «katta inqiroz»dan aziyat chekayotganini tan oldi. Uning fikriga ko‘ra, amaldorlar «davlat va uning fuqarolari xavfsizligini» ta’minlashi kerak bo‘lgan «muhim qarorlarning bajarilishini e’tiborsiz qoldirishgan».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring