Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dubaylik katta tadbirkor Epshteyn bilan aloqadorligi uchun iste’foga chiqarildi

Dubaylik katta tadbirkor Epshteyn bilan aloqadorligi uchun iste’foga chiqarildi

Dunyodagi eng yirik port-logistika operatorlaridan biri — DP World kompaniyasi rahbari Sulton Ahmad bin Sulaym amerikalik moliyachi Jeffri Epshteyn bilan yozishmalari fosh etilgach, iste’foga chiqarildi.

AQSh Adliya vazirligi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Bin Sulaymning ismi Epshteynning elektron xatlarida qayd etilgan. Xususan, 2009-yilda moliyachi tomonidan yuborilgan «qiynoq videosi»ning asl jo‘natuvchisi aynan Bin Sulaym bo‘lgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun: DP World kompaniyasi dunyo bo‘ylab 78 ta dengiz terminalini va eng yirik «Jebel Ali Free Zone» sanoat parkini boshqaradi. Ushbu operator Dubay yalpi ichki mahsuloti (YIM)ning uchdan bir qismidan ko‘prog‘ini, BAA YIMning esa qariyb 12 foizini ta’minlaydi. Kompaniya jahon konteyner aylanmasining taxminan 10 foizini nazorat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring