Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Habib Nurmagomedov katta tadbirkorga aylandi

Habib Nurmagomedov katta tadbirkorga aylandi

Foto: Habib Nurmagomedovning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasidan olindi

Habib Nurmagomedov Rossiyadagi biznes aktivlaridan chiqib, asosiy sarmoyasini Birlashgan Arab Amirliklaridagi loyihalariga yo‘naltirmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq jangchi muvaffaqiyatli tadbirkorga aylangan va xorijda yiliga qariyb 50 mln dollar daromad qilmoqda.

O‘tgan yili u Rossiyada yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT) sifatidagi faoliyatini yakunladi. Bungacha sportchi soliq hisobdorligi bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan edi, biroq keyinchalik barcha qarzlarini to‘lab, hisob raqamlarini yopdi.

2021 yildan boshlab Nurmagomedov bir qator tashkilotlar, jumladan, o‘z nomidagi xayriya fondi, «Rossi» jamg‘armasi, «Xikmit Travel» turagentligi (2022 yilda tugatilgan) va «Sildi» kiyim brendidagi ishtirokini to‘xtatgan. Shuningdek, u «Perviy mobilniy» provayderi muassislari safini ham tark etdi.

Nurmagomedov Eagles jangchilar klubini Ziyavudin Magomedovga topshirgan. Mazkur tashkilotning 16 ta hisob raqami soliq to‘lashdagi qoidabuzarliklar sababli bloklangani aytilmoqda.

Aksincha, BAAda Habibning tadbirkorlik faoliyati kengayib bormoqda:

  • KHABIB GYM: Yillik aylanmasi 6 mln dollargacha bo‘lgan fitnes tarmog‘i ishga tushirildi.
  • EAGLE FC: Gorilla FC promoushenini 1 mln dollarga sotib olib, restart qildi.
  • Yangi loyihalar: MultiBank Group bilan hamkorlikda Dubayda katta aylanmaga ega sport va texnologiya ekotizimini yaratish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi.

Hozirda uning Amirliklardagi umumiy yillik daromadi taxminan 46–50 mln dollar atrofida baholanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring